Informatika ustozlari uchun
Hamkasblaringizni taklif qiling, to‘lovlarining 30% gacha sizniki
Tumaningizdagi ustozlarni siz yaxshi bilasiz. Ular CHSB BSB’ni havolangiz orqali boshlasa, har bir to‘lovidan 20–30% ulush muddatsiz hisobingizga tushadi. Ulushni kartangizga chiqarasiz.
Ro‘yxatdan o‘ting
Fanlaringiz orasida informatikani belgilang. Kabinetda «Hamkorlik» bo‘limi o‘zi ochiladi.
Havolani yuboring
Bo‘limdagi shaxsiy havolangizni hamkasblar guruhiga tashlang yoki Telegram’da ulashing.
Hamkasb to‘laydi
To‘lovi tasdiqlangan zahoti ulushingiz yoziladi va sizga xabar keladi.
Pulni chiqaring
Kartangizni kiritib, kamida 50 000 so‘m uchun so‘rov yuborasiz. Jamoa kartangizga o‘tkazadi.
Ulush
Hamkasblar ko‘paygani sari foiz oshadi
Foiz kamida bir marta pul to‘lagan hamkasblaringiz soniga qarab belgilanadi.
1–4 ta hamkasb
5–14 ta hamkasb
15 va undan ko‘p hamkasb
O‘zingiz hisoblab ko‘ring
Nechta hamkasbingiz to‘lashini va qanchadan to‘lashini yozing.
Ulushingiz—
Birinchi aylanma—
Keyingi har bir aylanma—
Bir o‘quv yilida—
Uch xil misol
| To‘lagan hamkasblar | Foiz | Birinchi aylanma | Keyingi aylanma | Bir yilda |
|---|---|---|---|---|
| 3 ta | 20% | 60 000 so‘m | 60 000 so‘m | 180 000 so‘m |
| 12 ta | 25% | 280 000 so‘m | 300 000 so‘m | 880 000 so‘m |
| 40 ta | 30% | 1 110 000 so‘m | 1 200 000 so‘m | 3 510 000 so‘m |
Hisob: har bir hamkasb yiliga 3 marta 100 000 so‘mdan to‘laydi. Birinchi aylanmada foiz har bir yangi hamkasb bilan oshib boradi, shuning uchun u kamroq chiqadi. Bu misol, kafolat emas: ulushingiz hamkasblaringiz haqiqatda to‘lagan pulga bog‘liq.
Kabinetda
Har bir so‘m ko‘rinib turadi
- Taklif qilgan ustozlaringiz
Kim ro‘yxatdan o‘tgan, kim tasdiqlangan, kim to‘lov qilgan.
- Har bir to‘lov va ulush
Sana, hamkasb, to‘lagan summasi, foiz va sizga tushgan pul.
- Hamkorlik balansi
Qancha to‘plangani, qancha chiqarilgani va hozir qancha chiqarish mumkinligi.
- Chiqarish so‘rovi
Karta, summa va so‘rov holati. Rad etilsa, sababi yoziladi va pul balansda qoladi.
- Jami ulush
- 880 000 so‘m
- Kartaga o‘tkazilgan
- 580 000 so‘m
- To‘lagan hamkasblar
- 12 ta · 25%
Nega oson
Hamkasbingizga ham, sizga ham foydali
10 000 so‘m bonus
Ro‘yxatdan o‘tib raqamini tasdiqlagan hamkasbingiz platformani to‘lamasdan sinab ko‘radi.
Tekshirish vaqti tejaladi
Yopiq savollar avtomatik, yozma javoblarni AI darslik va mezon asosida tekshiradi. Yakuniy qarorni ustoz o‘zi qiladi.
Sizga yana 10 000 so‘m
Har bir tasdiqlangan hamkasb uchun nazoratlaringizga balans qo‘shiladi. Bu kartaga chiqmaydi, o‘z testlaringiz uchun ishlatiladi.
Kim hamkor bo‘la oladi?
Fanlari orasida informatika bor har bir ustoz: «Hamkorlik» bo‘limi kabinetda o‘zi ochiladi, alohida ariza kerak emas. Boshqa fan ustozi bo‘lsangiz, Telegram botimizga yozing: jamoa sizni ham qo‘shishi mumkin.
Ulush nimadan hisoblanadi?
Hamkasbingiz haqiqatda to‘lagan puldan, jamoa to‘lovni tasdiqlagan paytda. Paket bonusi, sovg‘a va ro‘yxatdan o‘tish bonusi to‘langan pul emas, ulardan ulush hisoblanmaydi.
Ulush qancha vaqt tushadi?
Muddat yo‘q. Hamkasbingiz to‘lab turar ekan, keyingi o‘quv yillarida ham ulushingiz tushib turadi.
Foiz qanday oshadi?
Foiz kamida bir marta pul to‘lagan hamkasblaringiz soniga qarab belgilanadi. Yangi foiz shu paytdan keyingi to‘lovlarga qo‘llanadi, oldin yozilgan ulushlar o‘zgarmaydi.
Hamkasbim allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-chi?
Ulush faqat havolangiz orqali ro‘yxatdan o‘tgan hamkasblardan tushadi. Oldin ro‘yxatdan o‘tganlar sizga yozilmaydi.
Pulni qanday chiqaraman?
«Hamkorlik» bo‘limida kartangizni kiritib, kamida 50 000 so‘m uchun so‘rov yuborasiz. Bir vaqtda bitta so‘rov ko‘rib chiqiladi. Jamoa pulni kartangizga o‘tkazgach, «Xabarlar»da va Telegram’da xabar olasiz.
So‘rov rad etilsa, pul yo‘qoladimi?
Yo‘q. Rad etish sababi sizga yoziladi, pul esa hamkorlik balansingizda qoladi va qayta so‘rov yuborishingiz mumkin.
Havolangizni bugun oling
Ro‘yxatdan o‘ting, fanlaringizda informatikani belgilang va havolani hamkasblaringizga yuboring.