O‘qituvchi yaratgan platforma — o‘qituvchilar uchun
BSB’ni informatika o‘qituvchisi Murodov Oybek yaratgan. U o‘qituvchi ishidagi eng ko‘p vaqt oladigan va eng tez-tez takrorlanadigan jarayon — nazorat ishlarini tekshirishga yechim izlagan.
Qanday boshlangan
Murodov Oybek sun’iy intellekt bilan loyihalar qilishni o‘rgangach, kundalik ishidagi muammolarga yechim izlay boshladi. Tanlov nazorat ishlariga tushdi: ularni tekshirish eng ko‘p vaqt oladi va har chorakda qayta-qayta takrorlanadi. Kerakli dastur bo‘lmagani uchun uni o‘zi yaratishni boshladi.
Birinchi versiya 2026-yil sentabrda ishga tushdi. Avval informatika fanida sinaldi, keyin maktabdagi rus tili fanida ham ishlatildi va yaxshi fikrlar oldi. Har bir taklif keyingi versiyaga kirdi: rasmli topshiriqlar, darslik asosida tekshirish, tasodifiy savollar, jadvalli javoblar, boshqa fanlar, loyiha ishlari. Bir oy ichida 18 ta versiya chiqdi, ularning hammasi Yangilanishlar sahifasida.
Raqamlarda
| Ko‘rsatkich | 25-oktabr 2026 holatiga |
|---|---|
| Sinflar va o‘quvchilar | 17 sinf, 394 o‘quvchi |
| Fanlar | informatika, rus tili |
| Topshirilgan ishlar | 104 ta, ulardagi 413 ta javobni AI tekshirgan |
| Darsliklar | 14 ta |
Reja
Maqsad — maktablarda o‘tiladigan barcha fanlar, butun O‘zbekiston bo‘ylab. Hozir platforma tanish o‘qituvchilarga test rejimida berilmoqda, keyin butun respublika uchun ishga tushiriladi. Davlat maktablari, xususiy maktablar va alohida o‘qituvchilar uchun.
Nimaga tayanamiz
- O‘qituvchi vaqti
Tekshirish, chop etish va arxivlashga ketadigan vaqt darsga qolsin.
- Oxirgi so‘z — o‘qituvchida
AI taklif qiladi, ballni o‘qituvchi tasdiqlaydi va natijani o‘zi ochadi.
- Insoniy baholash
Qisqa, lekin to‘g‘ri javob ball yo‘qotmaydi, qayta baholashda ball pasaymaydi. Bolaning ruhi tushmasin.
- Ma’lumot xavfsizligi
Har bir o‘qituvchi faqat o‘z sinflari va natijalarini ko‘radi. Batafsil — Maxfiylik sahifasida.
- Ochiqlik
Har bir o‘zgarish va tuzatilgan har bir xato yangilanishlar ro‘yxatida yoziladi.
Muallif
Hamkorimiz
WebForte Academy — o‘quv markazi.
Biz bilan bog‘laning
Platformani o‘z sinfingizda sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz yoki taklifingiz bo‘lsa, aloqa sahifasida ariza qoldiring.