BSBonlayn baholash

Narxlar

Obuna ham, oylik to‘lov ham yo‘q. Faqat o‘tkazgan nazoratingiz uchun to‘laysiz — balansdan, kerak bo‘lganda.

1 sinf nazorati

5 000 so‘m

Bitta testni bitta sinfda o‘tkazish — sinfda nechta o‘quvchi va testda nechta savol bo‘lishidan qat’i nazar.

Ro‘yxatdan o‘tganingizda — 10 000 so‘m bonus (2 ta sinf nazorati)

Narxga hammasi kiradi

  • Yopiq savollar — topshirilishi bilan avtomatik
  • Yozma javoblarni AI darslik va mezon asosida tekshiradi
  • Har bir o‘quvchiga izoh va darslikdagi bet
  • PDF hisobot, Excel va o‘quvchilar tahlili
  • Savollar bazasi, darsliklar, loyiha ishlari
  • Hamkasblar bilan sinflarni sinxronlash
  • Telegram bot va yordam
1

Balansni to‘ldirasiz

Kabinetdagi «Balans» bo‘limida paketni tanlaysiz — karta, Click yoki Payme orqali. Kamida 50 000 so‘m.

2

Testni ochasiz

Har bir sinf uchun bir marta yechiladi. Testni yopib, qayta ochsangiz — qayta yechilmaydi.

3

Qolgani saqlanadi

Balans muddatsiz: ishlatilmagan pul keyingi choraklarga va keyingi o‘quv yiliga o‘tadi.

Paketlar

Ko‘proq to‘ldirsangiz — ko‘proq bonus

50 000 so‘m

Bonussiz

Balansga 50 000 so‘m

≈ 10 ta sinf nazorati · 1 sinf ≈ 5 000 so‘m

100 000 so‘m

+10% bonus

Balansga 110 000 so‘m

≈ 22 ta sinf nazorati · 1 sinf ≈ 4 545 so‘m

200 000 so‘m

+20% bonus

Balansga 240 000 so‘m

≈ 48 ta sinf nazorati · 1 sinf ≈ 4 167 so‘m

Eng foydali

500 000 so‘m

+30% bonus

Balansga 650 000 so‘m

≈ 130 ta sinf nazorati · 1 sinf ≈ 3 846 so‘m

Sizga qancha kerak?

Sinflaringiz sonini yozing — chorak va o‘quv yili uchun hisoblaymiz.

Bir chorakka—

O‘quv yiliga (4 chorak)—

Qog‘oz bilan solishtiring

Qog‘ozdaBSB’da
Chop etishHar chorakda bir pachka qog‘ozKerak emas — o‘quvchi kompyuter yoki telefonda ishlaydi
Tekshirish8 ta sinf ishiga taxminan 4–5 soatAI tekshiradi, siz ko‘rib tasdiqlaysiz
IzohHar ishga alohida yozish qiyinHar bir javobga izoh va darslikdagi bet
HisobotQo‘lda jadvalPDF va Excel — bir bosishda

To‘lov

Narx bo‘yicha savollar

Boshqa savol bo‘lsa — Telegram botimizga yozing.

«Sinf nazorati» nima?

Bitta testni bitta sinfda o‘tkazish. Testni 7-A va 7-B sinflarga ochsangiz — 2 ta sinf nazorati. Sinfda nechta o‘quvchi va testda nechta savol bo‘lishidan qat’i nazar, narx bir xil.

Qachon pul yechiladi?

Testni ochganingizda — unga qo‘shilgan har bir sinf uchun bir marta. Testni yopib, qayta ochsangiz, qayta yechilmaydi. Ochishdan oldin kabinet qancha yechilishini ko‘rsatadi.

Qanday to‘layman?

Kabinetdagi «Balans» bo‘limida paketni tanlaysiz va ko‘rsatilgan karta yoki Click/Payme orqali to‘laysiz. To‘lov tasdiqlanishi bilan balansingizga tushadi va Telegram botimiz xabar beradi.

Ishlatilmagan pul nima bo‘ladi?

Yo‘qolmaydi. Balans muddatsiz — keyingi choraklarda va keyingi o‘quv yilida ham ishlatasiz.

To‘lamasdan sinab ko‘rsam bo‘ladimi?

Ha. Ro‘yxatdan o‘tganingizda balansingizga 10 000 so‘m bonus tushadi — bu 2 ta sinf nazorati: sinf va o‘quvchilarni kiritasiz, savollarni yuklaysiz, testni o‘tkazib, AI tekshiruvini ko‘rasiz.

Maktab uchun alohida shart bormi?

Butun maktab yoki bir nechta o‘qituvchi uchun birdaniga to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, bog‘laning — shartlarni alohida kelishamiz.

Ro‘yxatdan o‘tganingizda — 10 000 so‘m bonus

Ariza qoldiring va Telegram botimizni ishga tushiring — login va parolni bot yuboradi.